O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Olmazorda bezorilik sodir etgan shaxslar sud oldida javob beradi

Toshkent. 2020 yilning 17 fevral' kunidan 18 fevral' kuniga o‘tar kechasi taxminan soat 01:00 da 32 yoshli A.S. jinoiy sherigi 29 yoshli X.G‘., lar Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan bil'yard klubiga spirtli ichimlik ta'sirida mast holatda kelib, mazkur klub ish boshqaruvchisi 55 yoshli D.I. ish vaqti yakunlanganini aytsada, ular jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, D.I., ni ahloqsiz so‘zlar bilan haqorat qilib, sababsiz urib do‘pposlaganlar, o‘sha vaqtda bil'yard klubda bo‘lgan ishchilar va mijozlar A.S. va X.G‘., larning bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rganliklariga qaramay, ularga jiddiy qarshilik ko‘rsatib bil'yard toshlarini otib, o‘zlaridan uzoqlashtirib takroran D.I., ni badaniga stul bilan urib, mushtlari bilan yuziga va badanining turli joylariga urib do‘pposlab, D.I., ga sog‘liqni qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan YeNGIL tan jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari natijasiga ko‘ra A.S. va X.G‘., larga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «G» bandi (jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakili yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rgan boshqa fuqarolarga qarshilik ko‘rsatib sodir etilgan bezorilik) bilan ayb e'lon qilinib, jinoyat ishi tuman prokuraturasiga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech