Samarqandda yengil va yuk avtomashinalari to‘qnashib ketdi,vafot etganlar bor.
Samarqand. 2020 yil 19 iyul kuni soat taxminan 06:30 da Samarqand shahri hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 43 km.da haydovchi 38 yoshli A.Z. boshqaruvida bo‘lgan “DAF TE 95XF” rusumli avtomashinasini Buxoro yo‘nalishidan Toshkent yo‘nalishi tomonga boshqarib ketayotganida yo‘lning qarama-qarshi tomondan harakatlanib borayotgan haydovchi 31 yoshli F.X.,ning boshqaruvida bo‘lgan “Lacetti” rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Oqibatda “Lacetti” rusumli avtomashina haydovchisi A.Z., bilan yo‘lovchisi 24 yoshli E.R., lar og‘ir tan jarohatlari olib hodisa joyida vafot etganlar.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli haydovchilar transport vositasini hushyor va sergak holatda boshqarishingizni, amaldagi “Yo‘l harakati qoidalariga” qatʼiy rioya qilishingizni so‘raymiz.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti