Hovlining ichidan avtomashina olib qochgan shaxs ushlandi
Toshkent viloyati. 2020 yilning 13 iyul' kunidan 14 iyul' kuniga o‘tar kechasi soat 01:30 da 28 yoshli A.G., Quyichirchiq tumani Beshkent MFY da yashovchi 33 yoshli A.K., ning uyi hovlisiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, hovlida turgan “VAZ 2106” rusumli avtomashinasini hech kimdan so‘ramasdan o‘t oldirib, ko‘chaga olib chiqib Ko‘ksaroy mahallasi tomonga harakatlanib ketayotganida, avtomashina texnik jihatdan nosoz bo‘lib buzilib qolganligi sababli yo‘l chetida qoldirib, avtomashinaning chap old eshigi hamda chap eshigidagi oynasini sindirib hodisa joyidan yashiringan.
Holat yuzasidan Quyichirchiq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha A.G., ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisabatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti