Andijonda ayol kishini aldab ketishdi.
2019 yil iyun' oyida 50 yoshli M.M., 44 yoshli G.T.,ning (ayol) ishonchiga kirib, 52.860.000 so‘mlik ayollar kiyimlarini sotib pullarini qaytarib berishni aytib, ushbu mollarni sotib yuborgan, bundan tashqari G.T.,ning ishonchiga yana bir bor kirib undan jami 19.510.000 so‘mlik oyoq kiyimlarini olib, tez kunda sotib pullarini ham qilib berishini aytib, mollarni sotib yuborib, aldab shu kunga qadar pullarni bermay G.T.,ga jami 72.370.000 so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Shahrixon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, datslabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.