O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Maishiy texnikalarni olib sotgan firibgar sud hukmi bilan 5 yilga ozodlikdam mahrum boʼldi

Toshkent viloyati. 33 yoshli Otabek U., firibgarlik yoʼli bilan moddiy boylik orttirish maqsadida, 2017 yilning may oyidan 2018 yilning fevralь oyigacha boʼlgan vaqt mobaynida 45 nafar fuqarolarning ishonchiga kirib kredit savdo doʼkonlaridan ularning nomiga kredit shartnomasi rasmiylashtirgan holda oʼziga turli xildagi maishiy texnikalarni olib, belgilangan miqdordagi kredit toʼlovlarini muntazam ravishda oʼz vaqtida toʼlab kelishini aytib, aldov yoʼli bilan ishonchiga kirganidan soʼng fuqarolarning nomiga olingan maishiy texnika vositalarini firibgarlik yoʼli bilan qoʼlga kiritib, ularni boshqalarga sotib yuborib, pullarni oʼzining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborib, bergan vaʼdasini bajarmasdan shu davr mobaynida fuqarolarga jami 150.000.000 soʼm moddiy zarar yetkazgan.

Holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Аtabek U., ga nisbatan 168-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov jarayonida Аtabek U., JKning 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan va ayblov xulosasi bilan shahar prokuraturasiga yuborilgan.

Jinoyat ishlar boʼyicha Chirchiq shahar sudining hukmi bilan Аtabek U. JKning 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, unga nisbatan 5 yil 5 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Hurmatli fuqarolar firibgarlar tuzogʼiga tushib qolmasligingiz uchun, maishiy texnika yoki boshqa boyliklarni sotib olishda savdo doʼkonlarining rasmiy dillerlariga yoki rasmiy vakillariga murojaat qilishingizni soʼraymiz.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech