Аlkogol sotib olish uchun berilgan pullar qalbaki ekan
Fargʼona. 2020 yilning 08 iyul kuni soat 19:00 da Dangʼara shaharchasida 63 yoshli Gʼ.U., ga tegishli boʼlgan spirtli ichimliklar savdo doʼkoniga 21 yoshli А.X., 23 yoshli O.M. va 20 yoshli Sh.P., lar kelishib, doʼkon sotuvchisi Gʼ.U., ga fuqaro А.X. yonida boʼlgan 1 dona 100 АQSh dollari kupyurasini berib, mazkur kupyura evaziga 200.000 soʼmlik alkogolь mahsulot sotib olishini, qolgan qismini sotuvchi soʼm valyutasida qaytarib berishini aytgan vaqtida, doʼkon sotuvchisi Gʼ.U. 100 АQSh dollari kupyurani soxta ekanligiga shubha qilib, bu haqda tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida doʼkon sotuvchisi Gʼ.U., dan 1 dona 100 АQSh dollari kupyurasi tekshirib koʼrishlik uchun ashyoviy dalil sifatida olingan. Ekspertiza xulosasiga koʼra, 100 АQSh dollari kupyurasi qalbaki ekanligi aniqlangan.
Holat yuzasidan Dangʼara tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan (qalbaki pul, aktsiz markasi yoki qimmatli qogʼozlar yasash, ularni oʼtkazish). Hozirda jinoyat ishi boʼyicha dastlabki tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti