Xivada “Lasetti” va “Damas” rusumli avtomashinalar o‘rtasidagi YTH
Xorazm. 2020 yilning 24 may kuni soat 17:30 da haydovchi 18 yoshli B.S., avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarisiz otasi O.X., ga tegishli bo‘lgan “Lasetti” rusumli avtomashinani Xiva tumani “Oq ko‘l” mahallasidan o‘tgan 4R-157A-sonli avtomobil' yo‘lining 15 kilometrida boshqarib borayotib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib, shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 35 yoshli B.V.,ning boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.
Natijada “Damas” rusumli avtomashinasi haydovchisi B.V hamda yo‘lovchilar 19 yoshli O.J. va 32 yoshli I.X., lar tan jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan, O.J.,ga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan Xiva tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov xarakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti