O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Xorazmda yarim narxida avtomashina olib beruvchi firibgar ayol aniqlandi.

2019 yilning may oyi oxirlarida 34 yoshli N.D. (ayol), Urganch shahar Аz-Zamaxshariy koʼchasida joylashgan “Xorazm-Аvtosavdo” MChJ oldida tanishi J.M. bilan uchrashib, unga Oʼzbekistonda ishlab chiqariladigan avtomashinalarga chegirmalar eʼlon qilinganligi sababli yangi avtomashinalar yarim narxda sotilayotganligini va faqatgina dekabrь oyi oxirigacha yetib kelishini aytib, aldab, J.M.ning ishonchiga kirib, undan “Lasetti Gentra” avtomashinasi uchun 4.000 АQSh dollari (33.832.640 soʼm) va “Damas” avtomashinasi uchun 2.000 АQSh dollari (16.916.320 soʼm) miqdoridagi pullarini olib, bergan vaʼdasini bajarmasdan, pullarni ham qaytarib bermasdan, oʼzining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur jinoyat ishi Urganch shahri boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan N.D.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech