O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Toshkent viloyatida “it urishtiruvchi” qo‘lga olindi.

Toshkent viloyati. 2020 yil 26 yanvar kuni soat taxminan 11:55da O‘zbekiston Respublikasi IIV JQBB va Zangiota tuman IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 29 yoshli R.A. “it urishtirish” shaklida qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish hamda o‘tkazish maqsadida, Zangiota tuman Nazarbek qo‘rg‘onida joylashgan qurilishi tamomlanmagan uyda it urishtirish uchun maxsus joy tashkil qilganligi aniqlangan. O‘yinga 26 yoshli D.Q. 2000 AQSh dollari hamda uning o‘zi 2.450 AQSh dollari va 500 ming so‘m miqdoridagi pullarni tikib, o‘zlariga tegishli bo‘lgan “Pitbul'” zotdor itlari urishtirishini tashkil qilib, 49 yoshli A.Xni hakamlik qilish uchun jalb qilganlar.

Tadbir davomida A.X. dan qo‘l tarozisi va jami 4450 AQSh dollari va 500 ming so‘m miqdoridagi pullar ashyoviy dalil tariqasida prosessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Zangiota tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. A.R.ga nisbatan tegishli modda bilan ayb e'lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Jinoyat quroli sifatida foydalanilgan itlar hozirda tuman IIB binosida parvarishlangan holda saqlanmoqda. Itlarning kelgusida saqlash joyi va ularning egalariga nisbatan hayvonlarga nisbatan shavqatsiz munosabatda bo‘lganliklari uchun javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Text to speech