O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Navoiy viloyatida muqaddam sudlangan giyohvandlik vositalari o‘tkazgan shaxsga nisbatan hukm o‘qildi.

2019 yil 11 noyabr' kuni taxminan soat 19:00 larda Navoiy viloyati IIB xodimlari tomonidan Karmana tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida, muqaddam sudlangan 37 yoshli Fazliddin S. 2,73 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasini 400.000 so‘m evaziga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Karmana tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Fazliddin S.,ga nisbatan tegishli modda bilan ayb e'lon qilingan va chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi, tergovga yaqindan yordam berganligi uchun unga nisbatan “shaxsiy kafillik” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tuman sudining 2020 yil 04 fevral' kungi hukmiga ko‘ra, Fazliddin S. O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topilib, u sud zalida qamoqqa olingan va unga umumiy tartibli koloniyada o‘tash sharti bilan 2 yil 8 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech