O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida to‘qqiz nafar shaxs tan jarohatlari olishdi

  Tergov departamenti ma’lum qiladi: joriy yilning 31 oktabr kuni soat 21-40 da fuqaro N.X. o‘zining boshqaruvidagi fuqaro Sh.J.ga tegishli “Lasetti” rusumli avtomashinasini ishonchnoma orqali Qarshi-Yettitom 4R87 avtomobil yo‘lining Yettitom yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borayotib, ushbu yo‘lning 50 kilometrida, qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan fuqaro R.Z. boshqaruvidagi MChJga tegishli “Neхia” rusumli avtomashinani yo‘liga chiqib ketgan holda, yo‘l-transport hodisasini sodir qilgan.

Natijada “Neхia” avtomashina haydovchisi R.Z. va yo‘lovchilar S.U., E.R., S.K.lar hamda “Lasetti” avtomashina haydovchisi N.H. va yo‘lovchilar D.S., M.R., G.N., N.N.lar tan jarohatlari olib shifoxonaga murojaat etishgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda va natijasiga ko‘ra Jinoyat-protsessual kodeksining 329-moddasi tartibida qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech