O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Yana bir piyoda YTH oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.

Toshkent viloyati. 2019 yil 18 dekabr kuni taxminan soat 21:00larda 30 yoshli Z.I. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinasida Piskent tumani 4R20 sonli avtomobil' yo‘lining Qorasuv-Bekobod yo‘nalishi bo‘ylab xarakatlanib, shu yo‘lning 21-kilometrda o‘ng tomondan chap tomonga kesib o‘tayotgan piyoda 65 yoshli A.K.ni avtomashinaning old o‘ng burchak qismi bilan urib, yo‘l transport hodisasini sodir etgan.

Natijada piyoda A.K. olgan tan jarohatlari bilan Bo‘ka tuman markaziy shifoxonasi yotkazilgan. Biroq A.K.ga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Piskent tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

 

Text to speech