O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Katta akaning “eski adovati” tufayli, ukalari ham qonun oldida javob beradi

Farg‘ona viloyati. 2021 yilning 27 aprel kuni soat 18:45 larda 38 yoshli A.Sarvar ukalari 36 yoshli A.Sardor, 32 yoshli A.Shoxidjon, 28 yoshli N.Nizomjonlar bilan bir guruh bo‘lib Furqat tumani Bekobod qishlog‘ida joylashgan jamoat joyi hisoblangan “Neʼmatjon ota” choyxonasi oldida 28 yoshli M.Xurshidjonni haqorat qilib, hech bir sababsiz urib do‘pposlayotganlarida, ularning bezorilik harakatlarining oldini olmoqchi bo‘lgan fuqaro 28 yoshli A.Qurbonaliga ham faol qarshilik ko‘rsatib, tanasining turli joylariga urib jarohat yetkazganlar. 

Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.Sarvar, A.Sardor, A.Shoxidjon va N.Nizomjonlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Tergov harakatlari davomida, aka-ukalar o‘zlarining ko‘rsatmalarida N.Nizomjon M.Xurshidjon bilan sinfdosh bo‘lib, taxminan 2 oy oldin ularga tegishli ushbu choyxonaga kelgan vaqtida oshxona idishlarini sindirib qo‘yib, ular bilan nizoga borib ketib qolganligi, u yana ushbu choyxonaga kelgan vaqtida A.Sarvarning esiga eski adovat tushib qolib, M.Xurshidjonga jarohat yetkazganliklari maʼlum bo‘lgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech