Buvayda tumanida qonunga xilof ravishda qimorxona tashkil qilgan shaxs ushlandi
Farg‘ona viloyati. 2021 yilning 21 aprel kuni soat 01:00 larda Buvayda tumani IIB JQB xodimlari tomonidan fuqaro 44 yoshli T.Shuhrat Buvayda tumani Elobod qishlog‘ida joylashgan yashash xonadonida qimor o‘yini uchun maxsus buyumlar bilan alohida xonasini jihozlab, har bir yutuq o‘yindan 10 000 - 15 000 so‘mdan cho‘tal pullari yig‘ib olish evaziga tanishlariga “oshiq” otish orqali qimor o‘ynashlariga sharoit yaratib kelayotganligi aniqlanib, yashash xonadonidan qimor o‘yini uchun maxsus buyumlar, 2.752.000 so‘m va 500 AQSH dollari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan T.Shuhratga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti