Shifoxona qorovuli va shifokorini urgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Samarqand. Joriy yilning 04 iyul kuni “Sevimli” telekanali orqali Samarqandda shifokor va tibbiyot birlashmasi qorovuli kaltaklanganligi to‘g‘risida videolavha namoyish etilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganligi haqida maʼlum qilingan.
Aniqlanishicha, 2020 yil 03 iyul kuni soat 16:30da 26 yoshli fuqaro X.K., Samarqand shahar M.Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining kirish darvozasi oldida, shifoxona qorovuli 20 yoshli F.M. va shifokori 48-yoshli F.M.,lar bilan “Otasini shifoxonadan avtoulovida olib chiqib ketishni ro‘kach qilib, markaz hududiga kirishini bildirib, kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida janjallashib, har ikkalasiga ham tan jarohati yetkazgan.
Sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, shifoxona qorovuli X.K.(20),da burun sohasi yumshoq to‘qimasi lat yeyishi va burun suyagining sinishi kabi jarohatlar mavjud bo‘lib, ushbu jarohatlar sog‘liqni qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan YENGIL tan jarohatlar toifasiga kirishi aniqlangan.
Tibbiyot markazi shifokori F.M.(48),da birlamchi maʼlumotlarga ko‘ra: chap yonoq, pastki jag‘ yumshoq to‘qimalari lat yeyishi va bosh miya chayqalishi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan 2020 yil 07 iyul kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan X.K.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Aytib o‘tish joizki, hodisa joyidan olingan videotasvirda, shifoxona xodimlari F.M.(20) va F.M.(48), lar janjal vaqtida X.K.,ga ham tan jarohati yetkazganliklari holati aks etgan, shu sababli tergov yakuniga ko‘ra, protsess ishtirokchilarning har biriga qonunda belgilangan chora ko‘rilishi taʼminlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti