O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

To‘rtko‘lda katta miqdordagi “tramadol” savdosiga chek qo‘yildi.To‘rtko‘lda katta miqdordagi “tramadol” savdosiga chek qo‘yildi

2020 yil 18 may kuni soat taxminan 07:00 larda To‘rtko‘l tumani IIB xodimlari tomonidan “Qora dori-2020” tadbir davomida, To‘rtko‘l tumani “Miskin YPX” blok postida, J.B.,ni boshqaruvidagi “Kobal't” rusumli transport vositasi to‘xtatilib, avtomashina ko‘zdan kechirilganida, ko‘p miqdorni tashkil qiluvchi 446 dona “Tropikamid” dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentyabr' kungi 818-sonli Qarorning 1-ilovasiga ko‘ra “Tropikamid” dori vositasi kuchli ta'sir qiluvchi modda ekanligi ko‘rsatilgan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, avtomombil' yo‘lovchisi S.N. o‘z ko‘rsatmalarida, ushbu 446 dona “Tropikamid” kuchli ta'sir qiluvchi moddasi fuqaro Sh.A.,ga tegishli ekanligi, u o‘z yashash uyida “Tramadol” psixotrop moddasini saqlayotganligi haqida bayon qilishgan.

Holat yuzasidan To‘rtko‘l tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2511-moddasi 3-qismi (Kuchli ta'sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi bo‘yicha Sh.A.,ning Sh.Rashidov ko‘chasidagi yashash xonadonida o‘tkazilgan tintuv tergov harakati davomida 3 (uch) dona “Tropikamid” kuchli ta'sir qiluvchi moddasi va oq rangli paketda 248 o‘ramdagi 2 ming 480 dona “Tramadol Lannaxer Tramadol 50 mg” vositasi, qora rangli paketga o‘ralib, skochlangan holatda saqlanayotgan jami 236 dona “Regapen” vositasi hamda jami 50.000 so‘m pullar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech