YHXB xodimlari yo‘lovchida giyohvandlik modda borligini aniqladilar
Farg‘ona viloyati. 2021 yilning 15 mart kuni soat 21:20 larda Quvasoy shahar Arsif MFY., hududida xizmat olib borayotgan YHXB xodimlari tomonidan “Matiz” rusumli avtomashina to‘xtatilib, haydovchining hujjatlari tekshirilayotgan vaqtda, ushbu avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi 37 yoshli Faizullo A., o‘zining xatti-harakatlari bilan shubha uyg‘otganli tufayli, xolislar ishtirokida uning yoni va qo‘lidagi sumkasi tekshirilganda, sumkasining ichidan sellofan parchasiga o‘ralgan hamda 6 dona yelim idishchalar ichida o‘tkir hidli, jigarrangli moddalar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Sud kimyoviy ekspertiza xulosasida, ushbu o‘tkir hidli vazni 308 gramm bo‘lgan modda “GASHISH” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Faizullo A.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti