16 qop bug‘doy kepagini o‘g‘irlagan “o‘g‘ri”
Xorazm viloyati. 2021 yilning 21 fevral kuni soat 23:40 larda 18 yoshli Sarvarbek A., Hazorasp tumani Sanoat qishlog‘ida yashovchi 41 yoshli Saparboy D.,ga tegishli bo‘lgan omborxonaga kalit tanlash yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, jami 848 000 so‘mlik 16 qop chorva mollari uchun mo‘ljallangan bug‘doy kepagini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketayotganida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida, mazkur jinoyatni sodir qilgan Sarvarbek A., muqaddam o‘g‘rilik jinoyatlari uchun sudlanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Hazorasp tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Sarvarbek A.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti