O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O‘g‘rilik sodir etgan ayollarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Andijon. 2020 yilning may oyida, 21 yoshli I.Yu. (ayol), Asaka tumani Yangiobod mahallasida yashovchi qo‘shnisi 35 yoshli Sh.U.,ga chorva hayvonlariga qarab qo‘yishini aytib, xonadonini kalitini qoldirib ketganidan foydalanib, yotoqxonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 400.000 so‘m pullari va bir dona planshetini yashirin ravishda talon-toroj qilgan.

Bundan tashqari, I.Yu., 2020 yil 21 may kuni qo‘shnisi 18 yoshli J.K. (qiz bola) bilan o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, o‘zining xonadonida qaynionasi 47 yoshli O.Yu., ga tegishli bo‘lgan 2.550.000 so‘m pullarini yashirini ravishda talon-toroj qilib, qo‘lga kiritilgan pullarni o‘zaro taqsimlab olishgan.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomnidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech