Tez yordam xodimlarini kaltaklagan shaxs ushlandi
Sirdaryo. 2020 yilning 03 iyun' kuni soat 23:30 da Sayxunobod tumani, Do‘stlik mahallasida fuqaro A.B. o‘zining extiyotsizligi oqibatida olgan tan jarohati yuzasidan uning tanishi 27 yoshli E.N., tez tibbiy yordam bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilib tibbiy yordam kerakligini so‘rab Sayxunobod tumani Do‘stlik mahallasiga kelishliklari ma'lum qilgan vaqtida, navbatchi feld'sher 27 yoshli V.N. bilan o‘zaro og‘zaki ravishda tortishib qolishib, telefon orqali bir-birlarini xaqorat qilgan.
So‘ngra tez tibbiy yordam bo‘limi xodimlari chaqiruvga asosan tez tibbiy yordam guruhi tarkibida bo‘lgan navbatchi shifokor 28 yoshli J.O., navbatchi feld'sher V.N. chaqiruv bo‘lgan joyga yetib borgan vaqtda E.N. navbatchi feld'sher V.N. bilan o‘zaro tortishib qolganligi sababli uni qo‘llari hamda oyoqlari bilan tanasining turli joylariga urib tan jarohati yetkazgan. Shunda, navbatchi shifokor J.O. ularni ajratmoqchi bo‘lgan vaqtida E.N. shifokorni xam qo‘llari xamda oyoqlari bilan tanasining turli joylariga urib unga tan jaroxati yetkazgan.
Natijada navbatchi feld'sher V.N. va shifokor J.O., lar tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilganlar.
Mazkur holat yuzasidan Sayxunobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan E.N., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, E.N. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, prosessual tartibda ushlangan. Dastlabki tergov xarakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridvagi Tergov departamenti