O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

5 kg. marixuana aniqlandi

Toshkent viloyati. 2020 yilning 09 sentyabr kuni 14:00 da O‘rtachirchiq tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida, tumanning Mustaqillik mahallasi hududidan o‘tgan Avangard-O‘rtasaroy avtomobil' yo‘lida 21 yoshli J.S., o‘zi bilan olib kelgan qora rangli polietilen paketga solib qadoqlangan o‘tkir hidli o‘simlikni 2.200.000 so‘mga sotgan vaqtida ushlangan va mazkur o‘simlik hamda J.S.,dan 2.200.000 so‘m pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Sudga oid kimyoviy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, fuqaro J.S., dan olingan o‘simlik tarkibida tetrogidrokannabinol aktiv giyohvandlik moddasi bo‘lgan xo‘l holatdagi vazni 5 kg. 053 gramm marixuana o‘simligi ekanligi aniqlangan.

Mazkur xolat yuzasidan O‘rtachirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan J.S.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan (Giyohvandlik vositalari ko‘p miqdorda o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda sotish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida J.S., ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov xarakatlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech