Navbatdagi giyohvand vositasi sotuvchisi ushlandi.
Xorazm viloyati. 2020 yilning 21 fevral' kuni taxminan soat 16:00 larda DXX Xorazm viloyati boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida Xazorasp tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida, fuqaro 46 yoshli M.A. 4,5 gramm “opiy” giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Xazorasp tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalarni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. M.A. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti