O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Taʼlim maktablardan o‘g‘irlik sodir etgan guruh aʼzolari qo‘lga olindi

Toshkent shahri. 2021 yilning 17 yanvar kuni Bektemir tumanida joylashgan umumiy o‘rta taʼlim maktabining direktori 56 yoshli Nodira K., Bektemir tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, ushbu maktabining binosidagi o‘qituvchilar xonasida turgan, davlat tomonidan maktab uchun ajratilgan jami 17 dona Koreya Respublikasida ishlab chiqarilgan “Jooyon” rusumli kompyuter texnikalari va ularning ehtiyot qismlari nomaʼlum shaxslar tomonidan o‘g‘irlanganligi haqida xabar bergan.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 2-qismi “b,v,g” (o‘g‘rilik) bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyatni psixotrop moddalar taʼsirida 29 yoshli Doniyor O., 20 yoshli Normat A. va 26 yolshi Boxodir T.,lar sodir etganliklari aniqlangan hamda ulardan kompyuter moslamalari ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan. 

Olib borilgan datslabki tergov davomida ushbu jinoiy guruh Toshkent shahrining boshqa tumanlarida joylashgan umumiy o‘rta taʼlim maktablaridan ham o‘g‘irlik jinoyatini sodir etganliklari aniqlangan.

Dastlabki tergov jarayonida mazkur jinoyat ishida Doniyor O., Normat A. va Boxodir T.,larga nisbatan Jinoyat kodeksning 169-moddasi 2-qismi “b,v,g” bandlari, 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayb eʼlon qilinib,  ularga  nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi  qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech