O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Giyohvandlik vositasi sotuvchi ayol faoliyatiga chek qo‘yildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi 2021 yilning 21 yanvar kuni soat 23:00 da IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida istiqomat qiluvchi 27 yoshli Malika Q., “geroin” giyohvandlik vositasini tadbirga jalb qilingan shaxsga jami 700.000 so‘m evaziga sotayotgan vaqtida, tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Sudga oid kimyoviy ekspertizasining xulosasida, Malika Q. dan olingan modda “geroin” giyohvandlik vositasi ekanligi va uning umumiy og‘irligi 0,02 grammni tashkil qilishi ko‘rsatilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, Malika Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Taʼkidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech