O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

3 nafar talonchilar ushlandi, endi ular qonun oldida javob berishadi.

Qashqadaryo. 2020 yil 22 fevral' kuni soat taxminan 03:00 larda Dehqonobod tumani hududidan o‘tuvchi “Xamid-Ziloli” avtomobil' yo‘lining 39 kilometrida, 3 nafar noma'lum shaxslar “Nexia” rusumli avtomashinasida 33 yoshli F.Yu.,ning boshqaruvidagi “ISUZU” yuk avtomashinasini to‘xtatib, unga tegishli bo‘lgan bir dona “Samsung” rusumli uyali telefon apparati, yuk avtomashinasi yo‘l varaqasi, 180 000 so‘m puli hamda avtomashina yukxonadan 6 dona karam mahsulotini tortib olib, hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida ushbu jinoyatni Dehqonobod tumanida yashovchi 25 yoshli J.S., O.J. va A.N.lar sodir etganliklari aniqlanib, ulardan bir dona “Samsung” rusumli telefon apparati, 6 dona karam va shaharlararo ruxsat beruvchi yuk xati tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va gumonlan qilinuvchi prosessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech