O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Giyohvand vosita sotayotgan o‘smir yigit ushlandi.

2020 yiling 19 fevral' kuni taxminan soat 17:30 larda Surxondaryo viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida, Sariosiyo tumani Afrosiyob mahallasi hududida 19 yoshli U.E. 1,50 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sariosiyo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi (ancha miqdordagi giyohvandlik vositalarini o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech