18 yoshli mushtumzoʼrlar ushlandi
Fargʼona. 2020 yilning 11 may kuni soat 14:30 da, Toshloq tumani Bahor koʼchasida 19 yoshli R.I., oʼzining sevishgan qizi D.O., bilan suhbatlashib turgan vaqtida, ularni oldiga “Matiz” rusumli avtomashinada unga notanish boʼlgan 18 yoshli X.R., M.E. va Z.X., lar kelib, bu qiz bilan nima sababdan gaplashib turganligiga eʼtoroz bildirib, D.O., ni qoʼlida boʼlgan I.R., ga tegishli narxi 2.800.000 soʼmlik “Redme Pro 8” rusumli uyali telefon apparatini tortib olib, soʼngra I.R., ning yuz va koʼkrak sohalariga qoʼllari bilan urib, oyoqlari bilan tepib unga tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringanlar.
Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida X.R., M.E. va Z.X., lar qoʼlga olinib, X.R., dan jabrlanuvchi I.R.ga tegishli “Redme Pro 8” rusumli uyali telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlinmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, X.R., M.E. va Z.X., lar gumon qilinuvchi tariqsida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlanganlar.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti