“Lacetti” va motoroller ishtirokidagi YTH oqibatida motoroller haydovchisi vafot etdi
Surxondaryo. 2020 yilning 11 may kuni soat 16:30 da, 36 yoshli А.R., boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomashinasida Shoʼrchi tumani “Oqkamar” mahallasi hududidan oʼtuvchi 4K-592 avtomobilь yoʼlining 6-kilometrida harakatlanib kelayotganida qarama-qarshi yoʼnalishiga chiqib ketib, ushbu yoʼnalishdan kelayotgan 38 yoshli K.А., boshqaruvdagi motoroller bilan toʼqnashib yoʼl-transport hodisasi sodir etgan.
Natijada motoroller haydovchisi K.А., tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Shoʼrchi tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam oʼlimiga sabab boʼlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Hurmatli yoʼl harakati ishtirokchilari amaldagi yoʼl harakati qoidalariga qatʼiy rioya qilishingizni soʼraymiz.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.