O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Pulga sotib olinmoqchi bo‘lgan bir lahzalik muhabbat, kutilmagan oqibatlarga olib keldi

Toshkent shahri. 2020 yilning 11 dekabr kuni taxminan soat 23:30 da, ikki nafar nomaʼlum shaxslar o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish maqsadida, oldindan til biriktirib, Toshkent shahar, Bektemir tumani, “Compas” savdo markazining orqa tarafidagi Istiqlol ko‘chasida 24 yoshli Toxirjon A., ni hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, unga tegishli bahosi 100 AQSH dollarlik bir dona “RedMI-5 Plus” rusumli telefon apparati va 500 AQSH dollar miqdoridagi naqd pullarini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan nomaʼlum shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib tergov-tezkor tadbirlar natijasida, joriy yilning 17 dekabr kuni 18 yoshli Akbarxo‘ja U., 23 yoshli Umid X., va Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan 34 yoshli Ruxsoraxon X., lar ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib ushlanganlar. So‘roq jarayonida aniqlanishicha, foxishalik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 34 yoshli Ruxsoraxon X., mijoz sifatida kelgan fuqaro Toxirjon A., bilan gaplashib turgan vaqtida, uning yonida telefon apparati va pullari borligini ko‘rib qolib, bu haqda tanishlari Umid X., va Akbarxo‘ja U.,larga maʼlumot berganligi sababli, qorong‘u va ovloq joyda Umid X., va Akbarxo‘ja U.,lar o‘zlarining g‘araz niyatlarini amalga oshirganlar.

Dastlabki tergov jarayonida, Akbarxo‘ja U., Ruxsoraxon X. va Umid X.,lar JKning 164-moddasi 2-qismi “a,B” bandlari bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinganlar hamda Akbarxo‘ja U., va Umid X.,larga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi, fuqaro Ruxsoraxon X.,ga esa “munosib xulq atvorda bo‘lish to‘g‘risidagi tilxat” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yakkasaroy tumani IIO FMB

huzuridagi TB katta tergovchisi

podpolkovnik Sh.A. Mirkarimova

 
Text to speech