4 nafar voyaga yetmaganlar sayr qilib kelish bahonasida “Spark”ni olib qochib, YTH sodir qildi
Namangan. 2020 yilning 18 dekabr kuni soat 23:50 da noma’lum shaxslar Namangan shahar Istiqbol MFY 1-Barkamol ko‘chasi 29-uyda joylashgan “Dilrabo Fayz” oilaviy korxona oldida fuqaro Foziljon K., tomonidan o‘ziga tegishli “Spark” rusumli avtomashina kalitini o‘zida qoldirib, korxonaga kirib ketganligidan foydalanib, avtomashinani noma’lum tomonga olib qochib ketgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni voyaga yetmaganlar 14 yoshli Sherzod Sh., 16 yoshli Akmal O‘., 15 yoshli Ne’matjon M., hamda 16 yoshli Bilol T., lar tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, “Spark” rusumli avtomashina esa Istiqbol mahallasida “Vaz-2106” avtomashinasi bilan YTH sodir qilgan holatda topilgan.
Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmaganlar 14 yoshli Sherzod Sh., 16 yoshli Akmal O‘., 15 yoshli Ne’matjon M., hamda 16 yoshli Bilol T., larga nisbatan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “b” bandi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida, 14 yoshli Sherzod Sh., 16 yoshli Akmal O‘., 15 yoshli Ne’matjon M., va 16 yoshli Bilol T., lar jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib 14 yoshli Sherzod Sh., 16 yoshli Akmal O‘., 15 yoshli Ne’matjon M.,larga nisbatan “uy qamog‘i” tarzidagi, 16 yoshli Bilol T., ga nisbatan esa “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti