O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Bir marotaba kechirilgan ayol o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarmadi

Samarqand viloyati. 2021 yil 29 yanvar kuni 28 yoshli Shoira N., va 32 yoshli Nilufar R., larMuxlisa” ismli shaxsga Turkiya davlatining Istanbul shahrida fohishalik bilan shug‘ullanish orqali moddiy mablag‘ orttirishni taklif qilganliklarini, unga Istanbul shahriga borish uchun barcha yo‘l kira va boshqa xarajatlarini to‘lab berishlarini vaʼda qilib, jinoiy sheriklari hozirgi kunda Turkiya davlatida yashovchi Nargiza G., ismli shaxsning oldiga “Islom Karimov” nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti orqali yuborayotgan vaqtlarida huquqni muhofaza qilivchi organ xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Shoira N., va Nilufar R., larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 135-moddasi 2-qismi “ye” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov davomida, fuqaro Shoira N., muqaddam shu kabi sodir qilgan xatti-harakatlari tufayli, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi) bilan sudlanib, 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinib, afv etilganligi aniqlandi.

Hozirda, mazkur fuqarolar muqaddam ushbu turdagi jinoyatlarni sodir qilib, yurtdoshlarimizni chet elga shahvoniy niyatlarda yuborgan holatlari bor yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech