8 yanvar - Prokuratura organlari xodimlari kuni
Hurmatli prokuratura organlari xodimlari va faxriylari!
Kasb bayramingiz munosabati bilan samimiy tabrigimizni qabul qilgaysiz!
O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni – bu bayram shaxs huquq va erkinliklari hamda jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishdek sharafli kasb egalarining bayrami. Prokuratura xodimlarining eng sharafli va masʼuliyatli vazifalaridan biri bu - qonuniylik va huquq-tartibot muhofaza qilishdir.
Kasbning masʼuliyatini anglagan holda, chuqur hurmat bilan prokuratura organlarida faoliyat olib borayotgan har bir xodimning oilasida tinchlik-xotirjamlik, osoyishtalik va sog‘lik-salomatlik hamda tanlagan kasblaridan doimo o‘zlari kutgan yutuqlarni qo‘lga kiritib, faxrlanib yurishlariga tilakdoshmiz. Siz va yaqinlaringizga baxt-omad, muvaffaqiyat va farovonlik tilaymiz!
Hurmat bilan,
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti