O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanda sayyor qabul o‘tkazilgan

2021 yil 06 yanvar kuni  Namangan viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik T.M.Mustafayev rahbarligida, Tergov boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik E.Ya.Ubaydullayev, tergovchi katta leytenant A.X.Nurillayev va To‘raqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi kapitan X.B.Soliyevlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining To‘raqo‘rg‘on tuman Xalq qabulxonasida To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqarolar bilan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va pasport (biometrik pasport berish, propiskaga qo‘yish va propiskadan chiqarish, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini berish) masalalari bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda 10 nafar fuqarolar qabul qilindi.

Ular tomonidan:

-1 nafari Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan,  pullarini undirish;

-1 nafari hozirda uyga muhtoj bo‘lganligi sababli arzon uy-joy olish;

-1 nafari sobiq turmush o‘rtog‘idan aliment pullarini undirish;

-1 nafari To‘raqo‘rg‘on tumani IIB M va FRBdan chet davlatiga chiqish uchun moslashtirilgan pasport olish;

-2 nafari 2020 yil davomida pullarini undirishni so‘rab yozgan arizalari yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tumani IIB xodimlari tomonidan ko‘rib chiqilib, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilishligi tushuntirilganligi, shu sababli ushbu arizani qaytadan ko‘rib, pullarini qaytarib olishda amaliy yordam berish masalasida,

-4 nafari  Tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi xodimlari tomonidan ular bilan bog‘liq jinoyat ishlari bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinganligi, Tergov bo‘limi xodimlariga minnatdorchilik masalasida,  

Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 6 tasi joyida hal etilib, qanoatlantirildi, 2 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa idoralarga yuborildi va 2 tasi bo‘yicha arizalari olinib, hozirda Tergov boshqarmasida o‘rganilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi  IIV  huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech