Sayyor qabullar davom etmoqda
Joriy yilning 17 avgust kuni Toshkent viloyati IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Y.J.Isabaev tomonidan Nurafshon, Chirchiq va Yangiyo‘l shaharlari hamda Yangiyo‘l, Ohangaron, Zangiota va O‘rtachirchiq tumanlari aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul jarayonida jami 11 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 10 tasi qanoatlantirildi va 1 ta murojaat bo’yicha huquqiy maslahat berildi.
Bugungi kunda tasdiqlangan reja asosida Toshkent viloyati IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Y.J.Isabaev tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti