O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Xorazm viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlari Yusuf Hamadoniy ziyoratgohiga tashrif buyurishdi

Joriy yilning 11 sentyabr kuni Xorazm viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlari Shovot tumanida joylashgan Yusuf Hamadoniy ziyoratgohiga tashrif buyurib, yodgorlik majmuasini ziyorat qilishdi.

Ma’lumki, Yusuf Hamadoniy qadim Turkiston ma’naviyatida o‘ziga xos dunyoqarash, tasavvuf tizimini barpo etgan, rivojlantirgan olim va orif bir zotdir. Shuningdek, Shayx Hamadoniy Turkiston piri Xoja Ahmad Yassaviy va Xojai jahon Abdulxoliq G‘ijduvoniyni tarbiyalab kamolga yetkazgan piri komildir. Bu zot haqida Abdulxolih G‘ijduvoniyning «Maqomoti Xoja Yusuf Hamadoniy», Fariduddin Attorning «Tazkiratu-l-avliyo», Abdurahmon Jomiyning «Nafahotu-l-uns», Alisher Navoiyning «Nasoyimu-l-muhabbat» tazkiralarida ma’lumot berilgan. Zamonasining yetuk shayxlari Abdulqodir Giloniy (G‘avsu-l-a’zam), Shayx Hamiduddin Multoniy, Imom G‘azzoliy bilan muloqotda bo‘lgan. Odamlar orasida yurib, ularni irshod qilish, muridlar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanish yo‘lini tanlagan.

Yusuf Hamadoniy kabi buyuk zotlarning ziyoratgohlariga amalga oshirilayotgan tashriflar xodimlarning ma’naviyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech