Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q
Joriy yilning 5-6 oktabr kunlari Buxoro viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlari xodimlari Buxoro shahrida joylashgan “Ark qo’rg’oni” va Kogon tumanida joylashgan “Xo‘ja Bahouddin Naqshband” ziyoratgohiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida xodimlar “Ark qo’rg’oni” tarixi hamda Xo‘ja Bahouddin Naqshbandning hayoti va u asos solgan “Naqshbandiya” tariqati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarga ega bo’lishdi.
Mazkur tashrif xodimlarda katta taassurot qoldirdi.
O’zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti