DIQQAT, E'LON!
Hurmatli fuqarolar!
Tergov departamenti tomonidan Kamerun Respublikasi fuqarolariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani haqida xabar bergan edik.
Hozirda jinoyat sodir etishda gumon qilinib, Kamerun Respublikasining yana 3 nafar fuqarolari tergovga jalb qilindi.
Agar Siz quyida fotosuratlari keltirib o‘tilgan shaxslarning jinoiy xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, Tergov departamentining (71) 231-30-97, (71) 231-36-22, (71) 233-65-34 hamda Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasining (71) 231-34-33 telefon raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
JOHN FRU NDUMA FOMBE |
TOMI TCHAPMI RODRIGUE WILFRED |
NATHANIEL CHI NKIMBENG |
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti