O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Jizzax viloyat aholisi uchun sayyor qabullar o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 24.09.2020 yildagi va Tergov departamentining 21.10.2020 yildagi ko‘rsatma talablari ijrosini taʼminlash maqsadida. 2020 yilning 07 noyabr kuni Jizzax viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik M.A.Sattarov tomonidan Jizzax viloyati Jizzax shahar “Jizzaxlik mahallasi” binosida Jizzax shahar aholisi ishtirokida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.

O‘tkazilgan ommaviy sayyor qabul jarayonida aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazilib, asosiy eʼtibor ularni qiynab kelayotgan dolzarb muammolarni aniqlash va bevosita joyida ijobiy bartaraf etishga qaratildi.

Ommaviy sayyor qabulda Jizzax shahri aholisidan 8 nafar fuqarodan murojaatlar qabul qilindi, shulardan:

- 1 nafar fuqaroning suv quvurlarini taʼmirlash masalasidagi murojaati 3-sektor rahbariga 2 kunlik muddatga ijro uchun berildi;

- 1 nafar fuqaroning yo‘lni taʼmirlash masalasidagi murojaat MFY raisiga ijro uchun topshirildi, nazoratga olindi;

Shuningdek, 3 nafar fuqarolarning nogironlik nafaqasini rasmiylashtirish, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish, kam tayinlangan oila bo‘lganligi sababli uyini taʼmirlash masalasidagi murojaatlari ijroga qaratilib, nazoratga olindi;

- 1 nafar yashash uyining kadastr hujjatlarini to‘g‘rilash masalasidagi murojaati bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi;

- 2 nafar tergov harakatlaridan norozilik masalasidagi murojaat huquqiy tushuntirishlar berilib, joyida qanoatlantirildi.

Jizzax shaharda aholi bilan o‘tkazilgan ommaviy sayyor qabul natijasiga ko‘ra, sektor rahbarlariga o‘zlariga biriktirilgan hududlarga mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda doimiy ravishda sayyor qabullarni tashkil etib, aholini muammolarini o‘rganish va ularni ijobiy hal etish choralarini ko‘rish borasida tegishli topshiriq hamda ko‘rsatmalar berildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech