Jizzaxda bir kunda 2 ta o‘lim bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi
2020 yil 24 iyul kuni soat 16:00 da 21 yoshli S.b.ning boshqaruvidagi "ZIL-MM-34502 SPG" rusumli transport vositasida Qo‘rg‘ontepa ko‘chasi bo‘ylab Sayxon mahallasi tomonidan Jizzax shahriga qarab harakatlanib ketayotgan vaqtida, tanishlari 18 yoshli A.S. va b.v., lar 200 metrdan keyin tushib qolish sharti bilan avtomashinaning kabinasiga chiqish uchun mo‘ljallangan maxsus zinasida yuk mashinasining tashqi tomonida tik turgan holda ketayotganlarida vaqtida fuqaro 18 yoshli A.S., transport vositasini to‘xtashini kutmasdan sakraganida, yo‘lning asfalt qoplamasi ustiga boshi bilan yiqilishi oqibatida, olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan.
*****
2020 yil 24 iyul kuni soat 17:00 da 33 yoshli O.J., boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomashinasida G‘allaorol tumani tomondan Marjonbuloq shaharchasiga qarab harakatlanib ketayotgan vaqtida Lalmikor MFY hududida 4R-43A yo‘lining 10 km.da yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda 5 yoshli T.E.,(ayol)ni avtomashinaning old chap qismi bilan urib yuborib yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.Oqibatda, T.E., olgan tan jarohatlari bilan tuman markaziy shifoxonasiga olib borilgan, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan T.E., shifoxonada vafot etgan.Hozirda har ikki holat bo‘yicha hodisa joyida tergov tezkor guruhi ishlamoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti