O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

90 yillik bayramingiz muborak boʼlsin!

«Postda» gazetasi avvaldan har bir ichki ishlar organi xodimi va mushtariylarning yaqin doʼsti hamda beʼminat maslahatchisi boʼlib kelganligi hech kimga sir emas. «Postda» gazetasining sahifalarida yillar davomida ichki ishlar tizimida xizmat qilib kelgan koʼplab fidoiy xodimlarning ish faoliyatlari va hayoti aks etib kelgan.

Hozirgi kunga kelib, «Postda» gazetasi oʼzining maqolalarini juda jozibali yoritish uslubi, hamda oʼquvchilarga maʼlumotni toʼliq va aniq yetkazib berish harakteri bilan tanilib ulgurgan. Gazetaning sal kam bir asrlik tarixiy yoʼli davomida uning jamoasi oʼzining koʼp sonli mushtariylariga ega boʼlib, omma eʼtiborini qozongan.

Respublikaning har bir viloyati va shahrida mahalliy ommaviy axborot vositalari alohida oʼrin tutib, mahalliy aholi ularni koʼproq tinglaydi va ularga ishonadi. Hozirgi davr talabidan kelib chiqib, har bir oʼquvchi sifatli hamda ishonchli maʼlumotlarni tezda olish imkoniyatiga ega boʼlishni xohlaydi. Bularning barchasi «Postda» gazetasida toʼliq oʼz ifodasini topgan desak aslo mubolagʼa boʼlmaydi.

Ishonamizki, ulkan ijodiy salohiyat, yuqori zamonaviy jurnalistik mahorat tahririyatingizni samarali faoliyatining kaliti boʼlib qolaveradi.

Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xodimlari sizlarga yangi ijodiy yutuqlar, yanada koʼproq oʼquvchilar ishonchini qozonishni, tahririyatingiz faoliyati bardavom boʼlishini tilaydi, 90 yillik bayramingiz muborak boʼlsin.

 Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech