O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa maʼlumotlarni ko‘rib chiqish, qabul qilingan qarorlarning qonuniyligi hamda ijro intizomi holati tanqidiy muhokama etildi

2026-yil 27-yanvar kuni Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar hamda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, general-mayor B.Qudratxodjayev, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik R.Ashropov, vazirlikning sohaviy xizmat rahbarlari, Toshkent shahri, Toshkent viloyati IIBB va barcha viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari rahbariyati, shuningdek, viloyat sohaviy xizmatlar, shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari rahbarlari hamda tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borishga masʼul bo‘lgan xizmat xodimlari (huquqbuzarliklar profilaktikasi, tezkor qidiruv, yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari va tergov bo‘linmalari) ishtirok etdi.

Tadbir davomida jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa maʼlumotlarni ko‘rib chiqish, qabul qilingan qarorlarning qonuniyligi hamda ijro intizomi holati chuqur tahlil qilindi.

Jumladan, jinoyatga oid ariza va xabarlarni qabul qilish hamda ularni tekshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tanqidiy selektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar, xususan, uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatlar, kiberjinoyatchilik va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha “poytaxt namunasi”ni viloyatlarda joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida qonun ustuvorligini taʼminlash, jinoyatlarni hisobdan yashirish holatlariga qatʼiy yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, vazirlik Akademiyasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida tashkil etilayotgan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar orqali xodimlarning bilim va kasbiy salohiyatini oshirish yuzasidan bir qator aniq vazifalar belgilab berildi.

Xususan, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi xodimlarni (tezkor qidiruv, profilaktika, yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari, tergovchi va surishtiruvchilar) o‘qitish, ularning huquqiy bilimini oshirish maqsadida Tergov departamenti masʼullari, IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilaridan iborat ishchi guruh tomonidan rejalashtirilgan o‘quv-seminarlari bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, barcha hududlarda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan ushbu soha vakillarini onlayn ravishda o‘qitish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Tergov departamenti

Text to speech