O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

“UPL Uzbekistan” ijtimoiy tarmogʼida “Samarqandda 10 kishi 27 yoshli fuqaroni urib oʼldirishdi” nomi ostida chop etilgan maqola yuzasidan rasmiy maʼlumot

Samarqand. 2020 yilning 30 avgust kuni soat 11:00 da Oqdaryo tumanida 24 yoshli O.S., oʼziga oldindan tanish boʼlgan 27 yoshli Sh.T., bilan oʼzaro avtomashinada yoʼlovchi tashish masalasida janjallashib qolishgan va turli xil nojoʼya soʼzlar bilan bir-birlarini haqorat qilishgan.

Shundan soʼng, O.S., tanishi Sh.T., bilan oʼrtalarida kelib chiqqan nizoni hal qilish maqsadida, shu kuni soat taxminan 18:30 da Sh.T.,ning yashash xonadoniga kelib, tumanning “Uklon” qishlogʼida joylashgan 36-sonli oʼrta taʼlim maktabining futbol maydonida yakkama-yakka urushishga kelishib, ushbu sport maydonida, Sh.T., ga uni haqorat qilganligini roʼkach qilib, bir necha bor qoʼllari bilan Sh.T., ni yuz sohasiga urib, tanasining turli joylariga oyoqlari bilan urib tan jarohati yetkazgan.

Natijada Sh.T., hushidan ketib yiqilgan, O.S., esa hodisa joyidan ketib qolgan.
Hodisa joyida boʼlgan Sh.M., Sh.I. va Sh.X., lar hushidan ketib yiqilgan Sh.T., ni hushiga keltirish maqsadida yuziga suv sepib, uni nafas olishini eshitib, yoʼlda oʼtib ketayotgan “Nexia-2” rusumli avtomashinani toʼxtatib, Sh.T., ni tez yordam boʼlimiga olib borishgan, shifokorlar tomonidan koʼrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan Sh.T., olgan tan jarohatlari natijasida shifoxonada vafot etgan.
RSTEIАM Samarqand filialining tibbiy maʼlumotnomasiga koʼra, Sh.T., ning tanasida yaʼni, yopiq bosh miya jarohati, burun suyagining sinishi, bosh yumshoq toʼqimalari ostiga qon quyilishi, bosh miya pardalari ostiga va toʼqimasiga qon quyilishi, bosh miyaning lat yeyishi, chap koʼz oqish pardasiga qon quyilishi aniqlangan boʼlib, Sh.T., ushbu olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etganligi koʼrsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oqdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan O.S., ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining oʼlimiga olib kelgan, qasddan badanga ogʼir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Jinoyati ishi boʼyicha O.S., ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech