Xalqaro madaniyat kuni”
Har yili 15 aprelь kuni “Xalqaro madaniyat kuni” sifatida nishonlanadi. Ushbu kun 1935 yilning 15 aprelь kuni qabul qilingan “Tarixiy yodgorliklar sanʼat va ilmiy muassasalarni himoya qilish” haqidagi xalqaro shartnoma bilan tasdiqlangan boʼlib, tarixda birinchi marta, madaniy meros va tarixiy obidalarni muhofaza qilish boʼyicha Rerix Pakti nomi ostida tashkil etilgan.
Bugun, dunyo hamjamiyati yangi global iqtisodiy va ekologik inqirozlar, tabiiy ofatlar va harbiy mojaralarni boshidan oʼtkazayotgan bir vaqtda, Madaniyatga gʼamhoʼrlik qilish eng dolbzar masalalardan biri boʼlib qolmoqda.
Hozirgi davrda, umumjahon ahloqiy siyosati va iqtisodiyotini yaratishda, harbiy mojarolarni toʼxtatish va butun dunyoni qamrab olgan muammolarga qarshi kurashishning yagona yechimi bu, insonlarning millati, yoshi, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi va moliyaviy ahvolidan qaʼtiy nazar ularni birlashtiruvchi - madaniyatni saqlab qolish va uning yuksalishini taʼminlash hisoblanadi.