O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Namangan viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi shaxsiy tarkibi Namangan shahrida joylashgan “Bolalar uyi”ga tashrif buyurdi

Butun dunyo bo‘ylab, har yilning 1 iyun kuni “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” sifatida nishonlanadi. Ushbu bayram qator davlatlarda “Xalqaro bolalar huquqlarini himoya qilish kuni” sifatida ham eʼtirof etiladi.

Mamlakatimizda ham ushbu bayram har yili dillarda quvonch ila nishonlanadi. Sababi O‘zbekiston – bolajon yurt, xalqimiz esa azaldan bolajon xalq. Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston qo‘shilgan ilk xalqaro shartnomalar qatorida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasidan so‘ng aynan Bola huquqlari to‘g‘risida konvensiya turishi ham buning yaqqol isbotidir.

Bayram munosabati bilan Namangan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi shaxsiy tarkibi Namangan shahrida joylashgan “Bolalar uyi”ga tashrif buyurib, u yerda tarbiyalanayotgan bolalarga bayram sovg‘alarini ulashib, mehr-muruvvat va taʼlim-tarbiya berayotgan jonkuyar xodimlarga o‘zlarining tabriklarini yetkazishdi.  

Tashkil etilgan ushbu tadbir barchada iliq taassurotlar qoldirdi.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech