Samarqand viloyatining bir qator tumanlari aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi
Joriy yilning 31 may kuni Oqdaryo, Payariq, Ishtixon va Qo‘shrabot tumanlari aholisi uchun Oqdaryo tuman 14-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik R.A.Ashrapov tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida asosiy eʼtibor, murojaat bilan kelgan fuqarolarning muammolarini joyiga hal etish hamda ularga huquqiy maslahatlar berishga qaratilib, buning uchun tuman hokimligi vakillari, jamoat birlashmalari hamda tuman IIB rahbariyati qatnashishlari taʼminlandi.
Qabul jarayonida jami 12 nafar fuqarolar turli sohalar bo‘yicha murojaat qilishdi, shundan imtiyozli uy-joy, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun yer-joy ajratish va imtiyozli kredit berilishi, tergovga qadar tekshirish va tergov harakatlari yuzasidan murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlardan 7 tasi joyida ijobiy hal qilindi, 5 tasiga huquqiy tushuncha berilib, ijroga qaratildi.
Hozirgi vaqtda tasdiqlangan reja asosida viloyatning barcha tuman va shaharlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti