Eslatma!
Hurmatli fuqarolar!
Oʼqotar qurolni, oʼq dorilarni, portlovchi moddalarni yoki portlash qurilmalarini oʼz ixtiyori bilan topshirgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi - ( asos Oʼzbekiston Respublikasi JKning 248-moddasi 4-qismi)
Аndijonlik “Xojiakbar” 2020 yil 01 iyunь kuni Shahrixon tumani IIB boshligʼi nomiga ariza bilan murojaat qilib, oʼz arizasida uyida taʼmirlash ishlarini olib borayotgan vaqtida binoning tom qismidan marxum bobosiga tegishli boʼlgan 1 dona bir stvolli “TOZ” rusumli 12351-raqamli ov miltigʼini va bir dona 1 dona bir stvolli “TOZ” rusumli 13693-raqamli ov miltigʼini topib olganligini, ushbu qurollarni tegishli ruxsatnomasi yoʼqligini maʼlum qilib, oʼz ixtiyori bilan IIBga topshirgan.
Tegishli ruxsatnomasiz oʼqotar qurol, shuningdek oʼq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalari tayyorlash, olish, olib yurish, saqlash, olib oʼtish yoki joʼnatish bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʼqotar qurolni, oʼq-dorilarni, portlovchi moddalarni yoki portlash qurilmalarini oʼtkazish 10-20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov deparatmenti