O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi sudyalar oliy kengashi huzuridagi sudyalar oliy maktabining direktori va professor o‘qituvchilari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi rahbariyati ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2021 yil 12 mart kuni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida, O‘zbekiston Respublikasi sudyalar oliy kengashi raisining o‘rinbosari X-M.Isoqov va sudyalar oliy maktabi professor o‘qituvchisi U.M.Saydaxmedov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi raisi G.J.Bazarbayeva hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari surishtiruvchi, tergovchilari hamda boshqa huquqni muhofaza qilish organ xodimlari va sudyalikka nomzodlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda, O‘zbekiston Respublikasi sudyalar oliy kengashi raisining o‘rinbosari va sudyalar oliy maktabining professor o‘qituvchilari tomonidan sud-huquq tizimidagi islohotlar, qonunchilikka kiritilayotgan oxirgi o‘zgartirish va qo‘shimchalar, sudyalar oliy maktabi ish faoliyati hamda sudyalikka nomzodlarni tanlash tartibi haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Tergov bo‘linmalari xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olib, qizg‘in muhokama va mulohazalarga boy bo‘ldi.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi tergov departamenti

Text to speech