O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Namangan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan “Namunali tergovchi”, “Namunali surishtiruvchi” hamda “Namunali ayol xodima” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining 09.02.2021 yildagi ko‘rsatmasi ijrosini taʼminlash maqsadida 12.03.2021 yilda viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida “Namunali tergovchi”, “Namunali surishtiruvchihamda “Namunali ayol xodima” nominatsiyalari bo‘yicha ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichi o‘tkazilib, unda 34 nafar tergovchi va 21nafar surishtiruvchilar, jami 55 nafar xodimlar ishtirok etdi.

Ko‘rik-tanlovning “Namunali tergovchi” nominatsiyasi bo‘yicha:

Birinchi o‘rinni, Boshqarma huzuridagi Tergov boshqarmasi, surishtiruv ishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish guruhi katta tergovchisi katta leytenant Nurillayev Abdullajon Xalilillo o‘g‘li;

Ikkinchi o‘rinni, Boshqarma huzuridagi Tergov boshqarmasi, korrupsiya, firibgarlik va iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarni tergov qilish guruhi katta tergovchisi kapitan Abduraximov Xayotbek Xatamtoyevich;

Uchinchi o‘rinni, Chortoq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tergovchisi leytenant Umarjonov Muxammadsodiq Jamolidin o‘g‘lilari egallashdi.

Ko‘rik-tanlovning “Namunali surishtiruvchi” nominatsiyasi bo‘yicha:

Birinchi o‘rinni, Namangan tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi, surishtiruv guruhi katta surishtiruvchisi katta leytenant Mo‘minov Islomjon Ilxom o‘g‘li;

Ikkinchi o‘rinni, Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi, surishtiruv guruhi katta surishtiruvchisi katta leytenant Otaboyev Dilshod Yakubaliyevich;

Uchinchi o‘rinni, Chortoq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi, surishtiruv guruhi surishtiruvchisi leytenant Erkinov Ulug‘bek Baxodir o‘g‘lilari egallashdi.

Ko‘rik-tanlovning “Namunali ayol xodima” nominatsiyasi bo‘yicha:

 Birinchi o‘rinni, Davlatobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi, surishtiruv guruhi katta surishtiruvchisi kapitan Abbosova Umida Qodirjon qizi;

Ikkinchi o‘rinni, Mingbuloq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi, surishtiruv guruhi katta surishtiruvchisi kapitan Tursunova Soxibaxon Ergashali qizlari egallashib, mazkur xodimlarga pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar Namangan viloyat IIB boshlig‘i tomonidan tantanali ravishda topshirildi. 

Shuningdek, “Namunali tergovchi” va “Namunali surishtiruvchi” nominatsiyasi bo‘yicha faxrli 1, 2-o‘rinlarni egallagan to‘rt nafar xodimlar hamda “Namunali ayol xodima” nominatsiyasi bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni egallagan bir nafar ayol xodimadan iborat viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasining “Tergov jamoasi” tuzilib, ko‘rik-tanlovning respublika bosqichida ishtirok etuvchi xodimlarning bilim saviyasi, kasbiy va jismoniy layoqatlarini yuqori darajada shakllantirib, tanlovda munosib ishtirok etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. 

        

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech