O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish tartibi toʼgʼrisidagi Nizomga oʼzgartirish kiritilishi rejalashtirilmoqda.

Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi saytiga joylashtirilgan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʼgʼrisidagi nizomga oʼzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori loyihasida, respublikamizning boshqa hududlarida vaqtincha yashayotgan fuqarolarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida oʼzgartirishlar kiritilmoqda.

Bunda, xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun fuqarolar doimiy propiskada turgan yoki turgan joylari boʼyicha hisobga olingan joylaridagi maʼlumotlarni yigʼish punktiga murojaat qiladilar.

Bundan tashqari, xorijga chiqish biometrik pasporti yoʼqolgan taqdirda yangisini olish uchun fuqarolar doimiy propiskada turgan yoki turgan joylari boʼyicha hisobga olingan joylaridagi maʼlumotlarni yigʼish punktiga murojaat qiladilar.

Text to speech