Avtomashinaning texnik holatini tekshirmaslikning ayanchli oqibati: 2 kishi vafot etdi
Avtomashinaning texnik holatini tekshirmaslikning ayanchli oqibati: 2 kishi vafot etdi
Buxoro. 2020 yil 10 avgust kuni soat taxminan 15:30 larda fuqaro U.b., ishonchnoma asosida boshqaruvida bo‘lgan «Moskvich» rusumli avtomashinani G‘ijduvon tuman “Sohibiyon” MFY hududidan o‘tuvchi ichki yo‘l yaʼni Sohibiyon qishlog‘idan Sho‘rcha qishlog‘i tomonga boshqarib ketayotganida, avtomashinaning old tomon g‘ildiragi chiqib ketishi oqibatida, boshqaruvni yo‘qotib, harakat yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lning chap tomonidagi ariqqa ag‘darilib ketgan.Natijada, avtomashinada yo‘lovchilari 50 yoshli A.I. va 44 yoshli G‘.R.,lar hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etganlar.Hozirda mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, hurmatli haydovchilar yuqoridagi kabi noxush holatlarning oldini olish maqsadida, har kuni transport vositangizning texnik holati, ehtiyot qismlarining sozligini tekshirish yodingizdan chiqmasin!
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti